O‘zbekiston sun’iy intellekt bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchilik qilmoqda

Jamiyat

image

O‘zbekiston “Hukumatning sun’iy intellektga tayyorlik indeksi” reytingida Markaziy Osiyoda 1 o‘rinda. Bu haqda “Oxford Insights” tashkiloti tomonidan “Hukumatning sun’iy intellektga tayyorlik indeksi” reytingi e’lon qilindi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston 53,45 ball bilan 70-o‘rinni egallab, 17 pog‘onaga ko‘tarilgan. Shuningdek, bu natija O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari orasida 1-o‘rindaligini ko‘rsatadi.

Qayd etilishicha, mazkur reyting hukumatning sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy qilishga tayyorligini baholaydi va 40 ta indikator asosida tuziladi.

Mamlakatning ushbu yutuqlari hukumat tomonidan tasdiqlangan “Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030 yilgacha rivojlantirish strategiyasi” hamda bu sohadagi izchil islohotlar natijasi ekanligi ta’kidlangan.

Shuningdek, reytingda O‘zbekiston Janubiy va Markaziy Osiyo mintaqasida Hindiston va Turkiyadan keyin 3-o‘rinni egallagan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston sun'iy intellekt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing