O‘zbekiston Stokgolmda elchixona ochadi
Jamiyat
−
04 dekabr 2021
3733O‘zbekiston Shvetsiya poytaxti Stokgolmda elchixona ochadi. Bu haqda kecha, 3 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining amaldagi raisi, Shvetsiya Qirolligi Tashqi ishlar vaziri Ann Kristin Linde uchrashuvdi aytib o‘tildi.
Abdulaziz Komilov Shvetsiya tomonini YeXHTdagi muvaffaqiyatli raisligi bilan tabriklab, O‘zbekistonning mazkur tuzilma bilan konstruktiv va o‘zaro manfaatli muloqotni kengaytirish tarafdori ekanligni ta’kidladi.
O‘zbekiston va Shvetsiyaning siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishdan birday manfaatdor ekanligi tasdiqlandi. Bo‘lajak tadbirlar shu jumladan, vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasini o‘tkazish jadvali ko‘rib chiqildi.
Stokgolm shahrida O‘zbekiston Elchixonasining ochilishi ikki tomonlama hamkorlikni sezilarli darajada jadallashtirishga xizmat qilishi qayd etildi.
Tomonlar Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan ham fikr va mulohazalar almashdilar.
LiveBarchasi