O‘zbekiston sporti og‘ir judolikka uchradi

Sport

image

Gimnastika bo‘yicha Respublika Oliy sport mahorati maktabi trampolin bo‘yicha murabbiyi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi Rashid Isyanov 79 yoshida vafot etdi.

Isyanov Rashid Zinnurovich 1940 yil Rossiya Federatsiyasida tug‘ilgan. 1963 yil O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutini tamomlagan va umrining qolgan qismini mamlakatimizda gimnastika, jumladan trampolin sportining rivojlanishiga, uning taraqqiyotiga bag‘ishlagan. Murabbiylik faoliyati davomida ko‘plab iste’dodli sportchilarni tarbiyalagan.

Xususan, yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini eng ko‘p (5 marta) himoya qilgan va Pekin Olimpiadasi bronza medali sohibi Yekaterina Xilko ham aynan ushbu murabbiyning shogirdi hisoblanadi. Rashid Isyanov 1985 yilda “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy” unvonini bilan taqdirlangan. U uzoq yillar davomida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutida, shuningdek, 1998 yildan 2018 yilgacha hozirgi gimnastika bo‘yicha Respublika Oliy sport mahorati maktabi trampolin bo‘yicha murabbiy sifatida faoliyat olib bordi.


Maqola muallifi

Teglar

Rashid Isyanov

Baholaganlar

232

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar