Pekin Olimpiadasida qatnashgan yagona o‘zbekistonlik sportchi qanday karomat ko‘rsatdi?
Sport
−
16 fevral 2022
19604Xabaringiz bor, bugun, 16 fevral kuni Xitoy poytaxti Pekinda o‘tkazilayotgan XXIV qishki Olimpiya o‘yinlarida birgina sportchi bilan ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasining chiqishlari o‘z nihoyasiga yetdi.
Ushbu Olimpiadada tog‘ chang‘isi bo‘yicha O‘zbekiston sharafini Komiljon To‘xtayev himoya qildi. Komiljon unda gigant slalom va slalom dasturlarida ishtirok etdi. Aytish mumkin-ki, gigant slalom To‘xtayev uchun omadli keldi. 87 sportchi start olgan ushbu dasturda o‘zbekistonlik sportchi 29-o‘rinni egalladi, 46 chang‘ichi finishga kela olmadi. Bu uning uchun nafaqat faoliyatidagi, balki Osiyo va MDH vakillari orasidagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi.
Afsuski, texnik jihatdan juda murakkab hisoblangan slalom dasturi ushbu turnirda ishtirok etayotgan yagona o‘zbekistonlik sportchi uchun omadsiz yakunlandi. Finishga bir necha metrlar qolganida To‘xtayev darvozalardan o‘tishda xatoga yo‘l qo‘ygani uchun diskvalifikatsiya qilindi.
Shaxboz Qahhorov
LiveBarchasi