O‘zbekiston “sof” ish haqi reytingida oxirgi o‘rinlardan joy oldi 

Jamiyat

image

O‘zbekiston o‘rtacha “sof” ish haqi (soliqlarni hisobga olmaganda) bo‘yicha reytingda 106 ta davlat ichida 96-o‘rinni egalladi. Ushbu reyting “Numbeo” nashri tomonidan tuzilgan.

Qayd etilishicha, joriy yilning 22 avgust holatiga  O‘zbekistonda “sof” ish haqi 278,79 AQSH dollarini (3 mln 40 ming so‘m atrofida) tashkil qiladi. 

Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlaridan Rossiya 846,42 AQSH dollari bilan reytingda 47-o‘rin, Belarus 72-o‘rin (481,15 dollar) va Armaniston 73-o‘rinni (471,29 dollar) egallagan.

Markaziy Osiyo davlatlaridan qo‘shni Qozog‘iston 409,3 dollar bilan 78-o‘rinda turibdi.

Reytingda birinchi o‘rinni Shveysariya 5,979,75 dollar, oxirgi o‘rinni esa Shri-lanka 143,84 dollar bilan band qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1084

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing