O‘zbekiston shaxmat Olimpiadasini ishonchli g‘alaba bilan boshladi
Sport
−
16 sentabr 1185 1 daqiqa
Bugun, 16 sentyabr kuni 46-Butunjahon shaxmat Olimpiadasida O‘zbekistonning barcha erkaklar va ayollar terma jamoalari (1, 2 va 3-jamoalar) dastlabki turda o‘zlarining ishonchli g‘alabalarini qo‘lga kiritdi.
Erkaklar terma jamoasidan O‘zbekistonning asosiy tarkibi Yamaykani 4:0 hisobida mag‘lub etdi. Nodirbek Abdusattorov Joshua Kristi, Nodirbek Yoqubboyev Rahim Gleyvs, Shamsiddin Vohidov Jaden Shou hamda Muhiddin Madaminov Akim Braun ustidan zafar quchdi.
Shuningdek:
- O‘zbekiston-2 – Afg‘oniston: 3 : 1;
- O‘zbekiston-3 – Mali: 3.5 : 0.5.
Ayollar terma jamoasining asosiy tarkibi Trinidad va Tobagoga imkoniyat qoldirmadi. Gulruhbegim Tohirjonova, Umida Omonova, Nilufarxon Imomqo‘ziyeva va Guldona Karimova o‘z raqiblari ustidan g‘alaba qozondi.
Shuningdek:
- O‘zbekiston-2 – Togo: 3 : 1;
- O‘zbekiston-3 – Tanzaniya: 4 : 0.
Ma’lumot uchun, Samarqand mezbonligidagi 46-Butunjahon shaxmat Olimpiadasida 397 ta jamoa ishtirok etmoqda. Bu musobaqa tarixidagi mutlaq rekord hisoblanadi.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr