O‘zbekiston Serbiya bilan strategik sherik bo‘ldi
Jamiyat
−
18:10 487 2 daqiqa
Bugun, 8 sentyabr kuni Belgrad shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich Strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiyani imzoladi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, davlat rahbarlari huzurida ikki tomonlama hujjatlar almashilgan, jumladan:
- Mehnat mobilligi va migratsiyasi to‘g‘risida;
- Avtomobil transportida yo‘lovchi va yuklarni xalqaro tashish to‘g‘risida;
- Hududlararo hamkorlik to‘g‘risida;
- Qishloq va suv xo‘jaligi hamda qishloq joylarni barqaror rivojlantirish sohalaridagi hamkorlik to‘g‘risida;
- Bojxona ishlarida hamkorlik va o‘zaro yordam to‘g‘risida;
- Erkin savdo to‘g‘risidagi bitim bo‘yicha muzokaralarni boshlash uchun ishchi guruh tuzish to‘g‘risida;
- Qayta tiklanuvchi energetika va “yashil” texnologiyalar sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
- Farmatsevtika va biotexnologiyalar sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
- Turizm va madaniy safarlar sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
- O‘rta yo‘lakni qo‘llab-quvvatlash borasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
- Temir yo‘l infratuzilmasi sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
- Iqtisodiy diplomatiya sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
- Kinematografiya sohasida hamkorlik qilish va qo‘shma filmlar ishlab chiqarish to‘g‘risida;
- 2026-2028 yillarda madaniyat sohasida hamkorlik to‘g‘risida;
- Mehnat xavfsizligi va sog‘liqni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
- Nogironligi bo‘lgan shaxslarni himoya qilish va ularning jamiyatdagi mavqeini qo‘llab-quvvatlash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
- Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
- Raqamlashtirish, elektron hukumat va zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash sohalaridagi hamkorlik to‘g‘risida;
- Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
- Samarqand viloyati va Voyevodina avtonom o‘lkasi o‘rtasida sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Belgraddagi Serbiya saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning yuzma-yuz va rasmiy delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi