O‘zbekiston savdo-sotiqda Rossiya uchun muhim o‘ringa ega – Putin
Olam
−
06 Oktabr 2023
7735Avval xabar berilganidek, bugun 6 oktyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va RF yetakchisi Vladimir Putin o‘rtasida muzokara bo‘lib o‘tdi. Unda turli dolzarb masalalar kun tartibiga chiqdi, jumladan, ikki davlat o‘rtasidagi savdo-sodiq munosabatlariga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.
Vladimir Putin O‘zbekiston bilan savdo munosabatlariga to‘xtalar ekan, Moskva Toshkentning ishonchli savdo hamkorlari orasida birinchi o‘rinni egallab turganini ta’kidlab o‘tdi.
“O‘tgan yili tovar ayirboshlashimiz 26 foizga, joriy yilning yetti oyida esa 14,4 foizga o‘sdi. O‘zbekistonning xorijiy davlatlar bilan tovar ayirboshlash bo‘yicha Rossiya mustahkam birinchi o‘rinni egalladi”, degan Rossiya rahbari.
Putin O‘zbekistonda Rossiya ishtirokidagi 3 mingta tashkilot, Rossiyada esa 700 ta o‘zbek kompaniyasi mavjudligiga e’tibor qaratgan.
"Biz savdo-iqtisodiy aloqalarimizni rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatli bir qator jiddiy qarorlar qabul qildik. Hukumatlararo komissiya faol va nafaqat faol, balki samarali ishlamoqda", dedi Rossiya Prezidenti ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha masalalarga to‘xtalib o‘tar ekan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Rossiya Prezidenti O‘zbekistonga gaz yetkazib berish haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tgan edi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr