O‘zbekiston san’at arbobi Jo‘ra Mahmudov vafot etdi
Madaniyat-san’at
−
24 Yanvar 2022 13633 1 daqiqa
O‘zbekiston san’at arbobi, professor, teatr rejissyori, pedagog Jo‘ra Mahmudov vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar qildi.
Jo‘ra Mahmudov faoliyati davomida “Ona”, “Qiyomat qarz”, “Insonlikka nomzod”, “Og‘riq tishlar”, “Soxta oqsuyak”, “Qayerdasan, jon bolam”, “Qirol Lir” va boshqa spektakllarni sahnalashtirgan.
Har bir spektaklni badiiy-g‘oyaviy yuksakligi, ta’sir kuchini oshirishda tasviriy musiqiy, texnik vositalardan unumli foydalangan. Jo‘ra Mahmudov “Adolat kuni”, “Ovsinlar”, “Sadoqat” kabi sahna asarlari, “Osmondan tanga yoqqan kun”, “Tomchi”, “Alpomish”, “Ikkivoy va Beshvoy” kabi kichik tomoshabinlarga bag‘ishlangan ertak-pesalar ham yozgan.
QALAMPIR.UZ tahririyati marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr