O‘zbekiston safarda Singapurni mag‘lub qildi

Sport

image
Abramov boshchiligidagi O‘zbekiston Yamanni yanchib tashladi north_east

Abramov boshchiligidagi O‘zbekiston Yamanni yanchib tashladi

Vadim Abramov murabbiyligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH–2022 saralashining ikkinchi bosqichi 3-turi doirasida Singapur ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yinda hisob 15-daqiqada ochildi. Terma jamoa sardori Odil Ahmedov Sanjar Qodirqulovga qarshi qo‘pollik uchun belgilangan jarima zarbasidan gol urdi.

1-bo‘lim yakunida Singapur hisobni tenglashtirdi. Ihsan Fandi havodan uzatilgan to‘pni bosh bilan darvozaga joylab, hisobni tenglashtirdi. 

Ikkinchi bo‘limni O‘zbekiston juda faol boshladi. 52-daqiqaga keliboq Abramov shogirdlari hisobda oldinga chiqib olishdi. Eldor Shomurodov Farrux Sayfiyevning uzatmasini bosh bilan darvozaga yo‘lladi.

90+2-daqiqada Eldor Shomurodov o‘yinga nuqta qo‘ydi. Himoyachi va darvozabonni aldab o‘tgan Shomurodov bo‘sh darvozaga gol urdi. 

Bu g‘alabadan so‘ng O‘zbekistonning ochkolari soni 6 taga yetdi. Bu O‘zbekiston MTJning Vadim Abramov yetakchiligidagi ikkinchi g‘alabasi bo‘ldi.

JCH-2022 saralash. Osiyo mintaqasi

“D” guruhi, 4-tur
SINGAPUR — O‘ZBEKISTON 1:3
Gollar: Ihsan Fandi (45+1) — Odil Ahmedov (15), Eldor Shomurodov (52, 90+2).

Singapur, “Milliy” stadioni.

Singapur: Isvan Mahbub, Hafiz Nor, Shahdan Sulayman, Shaval Anuar, Safavan Baxarudin, Irfan Fandi, Ihsan Fandi (Gabriel Kvak, 69), Xaris Xarun, Nazrul Nazari, Zulfaxmi Arifin, Xami Shaxin.

O‘zbekiston: Eldor Suyunov, Hojiakbar Alijonov, Islom To‘xtaxo‘jayev, Rustam Ashurmatov, Farrux Sayfiyev, Sanjar Qodirqulov, Odil Ahmedov, Otabek Shukurov (Ikrom Aliboyev, 52), Doston Hamdamov (Igor Sergeyev, 90+3), Jaloliddin Masharipov (Sardor Mirzayev, 70), Eldor Shomurodov.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Singapur JCh–2022 saralash

Baholaganlar

52

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing