O‘zbekiston Rossiyaning noqonuniy muhojirlar bo‘yicha talabiga munosabat bildirdi
Jamiyat
−
17 aprel 2021
17388Rossiya Federatsiyasida noqonuniy ravishda bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ushbu davlat hududida bo‘lishlarini qonuniylashtirish imkoniyatiga ega. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, RFda noqonuniy ravishda bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari 2021 yilning 15 iyuniga qadar yashash joyidagi tegishli Rossiyaning ichki ishlar organlariga murojaat qilish orqali ushbu davlat hududida bo‘lishlarini qonuniylashtirish huquqidan foydalanishi mumkin.
Xabarga ko‘ra, Rossiyada noqonuniy ravishda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari ushbu masala yuzasidan murojaat qilsa, ularga nisbatan Rossiyaning ichki ishlar organlari tomonidan mamlakatdan ma’muriy chiqarib yuborish, deportatsiya qilish choralari qo‘llanmaydi hamda yashash joyidagi migratsiya bo‘limidan qayta ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati beriladi.
Avvalroq Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi MDH davlatlari, shu jumladan O‘zbekistondan mamlakatda noqonuniy yurgan 332 ming fuqarosini joriy yilning 15 iyunigacha olib chiqib ketishni so‘ragani haqida xabar bergan edik.
Eslatib o‘tamiz, koronavirus pandemiyasi munosabati bilan Rossiya Federatsiyasi Prezidentining tegishli qaroriga ko‘ra, mamlakatda migrantlarning vaqtincha yashash muddati 2021 yil 15 iyungacha uzaytirilgandi.
Rossiyada noqonuniy yurgan O‘zbekiston fuqarolari ushbu masalada yordam olish uchun Respublikaning Moskva shahridagi elchixonasi va Rossiya mintaqalaridagi Bosh konsulxonalari hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga qo‘yidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishi mumkin:
LiveBarchasi