O‘zbekiston Rossiyaning koronavirusga qarshi yana bir vaksinasiga qiziqish bildirdi

Olam

image

O‘zbekiston «Vektor» markazi tomonidan ishlab chiqarilgan COVID-19ga qarshi vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazgandan so‘ng qo‘shma sinovlaridan o‘tkazishga qiziqish bildirdi. Bu haqda “Rospotrebnadzor” ma’lum qildi.

O‘zbekiston Sanitariya–epidemiologik osoyishtalik agentligi vakillari Rossiyaning Iste’molchilar huquqini himoya qilish va inson manfaatlari sohasini nazorat qilish bo‘yicha federal xizmati (“Rospotrebnadzor”) rasmiylari bilan videokonferens aloqa tarzida muloqot o‘tkazgan.

Ikkala tomon koronavirus infeksiyasini tarqalishiga qarshi kurash va COVID-19 profilaktikasi uchun ishlab chiqilayotgan vaksina masalalarini muhokama qilgan.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston tomoni “Vektor” markazi ishlab chiqargan koronavirusga qarshi “EpiVakKorona” vaksinasini hamkorlikda sinovdan o‘tkazishga qiziqish bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Gamaley nomidagi ilmiy tadqiqot instituti olimlari tomonidan ishlab chiqilgan “Sputnik-V” vaksinasi bilan aholini emlash imkoniyatlarini ko‘rib chiqayotgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Rossiya Koronavirus vaktsinasi

Baholaganlar

238

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing