O‘zbekiston Rossiyaga migrantlarni ishga yollashni soddalashtirishni taklif qildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi rossiyalik hamkasblariga o‘zbekistonliklarni Rossiyada tashkiliy ishga qabul qilish to‘g‘risidagi hukumatlararo kelishuvga o‘zgartirish kiritishni taklif qildi. Taklif O‘zbekistonBandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanovning Rossiya Federatsiyasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri Anton Kotyakov bilan uchrashuvida bildirilgan.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Moskvada o‘tgan uchrashuvda qurilish va qishloq xo‘jaligi sohalariga mehnat migrantlarini jalb etishning soddalashtirilgan tartibi, mehnat jarayonlarini raqamlashtirish va qonunchilkdagi innovatsiyalar bo‘yicha tajriba loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama qilingan.

“2017 yilda imzolangan tashkiliy ishga qabul qilish bo‘yicha hukumatlararo kelishuv pandemiya davrida mehnat bozoridagi mavjud vaziyatni hisobga olgan holda yangilanish va tuzatishlarni talab qiladi. Ishga qabul qilish tartib-taomillarini ham xodim, ham ish beruvchi uchun imkon qadar sodda va qulay qilib, har ikki tomon uchun zarur kafolatlarni ta’minlash zarur”, degan vazir Nozim Husanov.

Muzokaralar natijasida 2017 yilgi tashkiliy ishga qabul qilish to‘g‘risidagi shartnomaga o‘zgartirishlar kiritish, mehnat munosabatlarini raqamlashtirish va mehnat muhofazasini ta’minlash, korxonalarda shikastlanishlar darajasini pasaytirish sohasida mehnat organlari xodimlarini qo‘shma o‘quv dasturlari va amaliyot o‘tash jarayonini rejalashtirish, shuningdek, mehnat qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

113

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing