O‘zbekiston Rossiyadagi fuqarolarini ogohlantirdi 

Jamiyat

image

Bugun, 6 aprel kuni Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolarini ogohlikka chaqirdi.

Agentlik fuqarolardan Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi ziddiyatli hududlarga jalb qilish haqidagi da’vatlarga ergashmaslikni, ziddiyatli hududlarga bormaslikni va harbiy harakatlarda ishtirok etmaslikni so‘ragan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 154-1-moddasida chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga yollanish uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri hokimiyati muhojirlarni shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatga jalb qilishi ma’lum bo‘lgandi. Bungacha esa Rossiyada bahorgi safarbarlik doirasida urushga yollanuvchilarga bosib o‘tgan har bir kilometri uchun 650 dollar miqdorida mukofot taklif qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya O'zbekiston Ukraina migratsiya muhojirlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing