O‘zbekiston Rossiya va Qozog‘istonga temir yo‘l qatnovini tiklash bo‘yicha murojaat yubordi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Rossiya va Qozog‘istonga temir yo‘l qatnovini tiklash bo‘yicha murojaat yuborgan. Bu haqda kecha, 7 may kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanidagi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning yo‘lovchilar tashish, xizmat ko‘rsatish, temir yo‘lda turizmni rivojlantirish va istiqbolli rejalari muhokamasida so‘z ochildi.

“Hozirda “O‘zbeksiton temir yo‘llari” AJ tomonidan xalqaro temir yo‘l qatnovlarini bosqichma-bosqich tiklash bo‘yicha Qozog‘iston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi temir yo‘l ma’muriyatlariga murojaat yuborildi. Ushbu murojaat har ikki davlatning vakolatli davlat organlari tomonidan o‘rganib chiqilmoqda va yaqin kelajakda amalga oshirilishi mumkin”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, “Buxoro – Misken” yangi temir yo‘l liniyasida elektrlashtirish ishlari yakuniga yetgach, 2 ta yangi “Afrosiyob” poyezdalari olib kelinib, Xiva shahriga qatnashi aytib o‘tildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

155

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing