O‘zbekiston Rossiya bilan o‘ynaydi
Sport
−
13:23 1330 1 daqiqa
Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi joriy yilning noyabr oyidagi FIFA kunlari doirasida Rossiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston va Rossiya terma jamoalari ishtirokidagi o‘rtoqlik uchrashuvi joriy yilning 12 noyabr kuni Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq, O‘FA vitse-prezidenti Odil Ahmedov Rossiya futbol ittifoqi (RFI) bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish uchun muzokaralar o‘tkazilayotganini ma’lum qilgandi.
Ma’lumot uchun, Rossiya terma jamoasi 2022 yil fevral oyidan buyon FIFA va UEFA tashkilotlari homiyligida o‘tkaziladigan rasmiy xalqaro musobaqalardan chetlatilgan. Bu qaror Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli harbiy hujumi boshlanganidan keyin, 2022 yil 28 fevralda qabul qilingan.
Shu sababli, Rossiya terma jamoasi 2022 yilgi Jahon chempionati saralashining pley-off bosqichida, Qatardagi mundialda, Yevro-2024 va 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok eta olmadi. Rossiyaning so‘nggi rasmiy musobaqa uchrashuvi 2021 yil noyabr oyida Xorvatiyaga qarshi Jahon chempionati saralash bahsi bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning noyabr oyidagi FIFA kunlari doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Rossiyadan tashqari Saudiya Arabistoni bilan ham o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazmoqchi.
Live
Barchasi