O‘zbekiston razvedkachilari Xalqaro musobaqada rekord o‘rnatdi
Jamiyat
−
11 mart 2022
11932O‘zbekiston Mudofaa vazirligi terma jamoasi Pokistonda bo‘lib o‘tgan Xalqaro “Jamoa ruhi” musobaqasida rekord natija bilan g‘olib bo‘ldi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, musobaqa Pokiston Islom Respublikasi Qurolli Kuchlariga qarashli 22-armiya korpusi Terrorizmga qarshi kurashish milliy o‘quv markazi bazasida o‘tkazilgan. Unda 9 ta davlat (Marokash, Iordaniya, Keniya, Saudiya Arabistoni, Turkiya, Shri-Lanka, Nepal, O‘zbekiston va Pokiston Islom Respublikasi)dan jami 16 ta razvedka jamoasi o‘zaro bellashgan.
Musobaqa shartlariga ko‘ra, jamoalar 80 km gacha bo‘lgan marshrutning 6 ta nazorat nuqtasida azimut bo‘yicha harakatlanib, nazorat nuqtalarida taktik-maxsus, otish, tibbiy, aloqa, muhandislik tayyorgarligi, ommaviy qirg‘in qurollardan himoya va harbiy topografiyadan turli maxsus mashqlarni, shuningdek kutilmagan testlarni yechish mashqini bajargan.
Musobaqa yakuni bo‘yicha:
1-o‘rin – O‘zbekiston Respublikasi jamoasi (2 850 ball);
2-o‘rin – Marokash jamoasi (1 860 ball);
3-o‘rin – Shri-Lanka (2 010 ball) va Saudiya Arabistoni (1 900 ball). Shri-Lanka va Saudiya Arabistoni jamoalariga jarima ballar belgilanganligi sabali 3- o‘rin berilgan.
“Xalqaro musobaqaning yopilishiga bag‘ishlangan tantanali marosimda g‘olib jamoa va sovrindorlar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi jamoasi oltin medal bilan taqdirlandi”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi