O‘zbekiston raisligida SHHT oilasiga yangi a’zolar qo‘shilmoqda – Mirziyoyev

Jamiyat

image

Shanxay hamkorlik tashkilotiga O‘zbekiston raisligida 40 dan ortiq bitim va qarorlar imzolash uchun tayyorlandi. Bu haqda bugun, 16 sentyabr kuni Shavkat Mirziyoyev Davlat rahbarlari Kengashi Majlisining ochilishida nutqida aytib o‘tdi.

“Ushbu sammit — tarixiy voqea. Bu tashkilot kelajagi va SHHT mintaqasi taqdirini belgilab beradigan qo‘shma qarorlar qabul qilish imkoniyatidir”, deydi Shavkat Mirziyoyev.

Uning ta’kidlashicha, O‘zbekiston Tashkilotga raisligi davrida 40 dan ortiq bitim va qarorlar: o‘zaro hamorlik, sanoat kooperatsiyasi, yashil iqtisodiyot, raqamlashtirish va savdo sohasidagi konsepsiyalar va dasturlarni o‘z ichiga olgan hujjatlar paketi to‘plami imzolash uchun tayyorlandi.

“SHHT katta oilasiga yangi a’zolar — muloqot bo‘yicha kuzatuvchi va hamkorlar qabul qilinmoqda. Bu Yevroosiyoda ko‘p qirrali hamkorlikni tubdan kengaytirish uchun imkoniyatdir”, dedi O‘zbekiston Prezidenti.

Uning qayd etishicha, O‘zbekiston raisligida 80 dan ziyod yirik tadbirlarni o‘tkazdi. Pandemiya va boshqa muammolarga qaramay har tomonlama hamkorlikning barcha yo‘nalishlari va sohalari qamrab olindi.

Yig‘ilishda shuningdek, Qog‘oziston Prezidenti To‘qayev, Hindiston Bosh vaziri Modi, XXR raisi Si Szinpin, Qirg‘iziston Prezidenti Japarov, Pokiston Bosh vaziri Sharif, Rossiya Prezidenti Putin va Tojikiston Prezidenti Rahmon so‘zga chiqdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

418

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing