O‘zbekiston Prezidentning kenja qizi Rossiyada nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi

Jamiyat

image

Kecha, 24 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning kenja qizi Shahnoza Mirziyoyeva A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Bu haqda uning o‘zi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

“Kuni kecha men so‘nggi to‘rt yildan buyon erishishga harakat qilib kelayotgan voqea – fan nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tdi. A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetida dissertatsiya himoya qilish men uchun katta sharaf va mas’uliyat bo‘ldi. Taniqli olimlarning yirik auditoriyasi oldida so‘z bilan chiqqanimda hayajonlandimmi? Ha, albatta, busiz bo‘lishi mumkin ham emas edi, lekin natijada hayajonni yengishga muvaffaq bo‘ldim. Bu uzoq yo‘limda meni qo‘llab-quvvatlagan barchaga o‘zimning samimiy minnatdorchiligimni bildiraman!”, deydi Shahnoza Mirziyoyeva.

Turmush o‘rtog‘ining mazkur yututg‘iga Otabek Umarov ham bee’tibor bo‘lmadi. U ham ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ayoliga tabrik so‘zlarini yozib qoldirdi.

“Men hamma narsadan ham eng yaqin insonlarim — turmush o‘rtog‘im va farzandlarimizning yutuqlari bilan faxrlanaman. Kuni kecha Shahnoza Mirziyoyeva nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi va bu haqiqatan ham oilamiz hayotida katta voqea. Azizam, senga muvaffaqiyat, yangi marralar va yutuqlar tilayman!”, deb yozadi Otabek Umarov ijtimoiy tarmoqda.

Ma’lumot uchun, ayni vaqtda Shahnoza Mirziyoyeva Maktabgacha ta’lim vazirligida boshqarma boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritmoqda.

Avvalroq, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisining o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetida iqtisodiyot bo‘yicha dissertatsiya yoqlagani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

649

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing