O‘zbekiston plakvenilni Trampning reklamasidan keyin sotib olgan – Shodmonov
Jamiyat
−
24 dekabr 2020
7023O‘zbekiston koronavirusga chalingan bemorlarni davolashda faol ravishda qo‘llanilgan gidroksixloroxin (plakvenil) dorisini AQSH Prezidenti Donald Trampning reklamasidan keyin sotib olgan. Bu haqda sobiq Sog‘liqni saqlash vaziri, Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori, professor Alisher Shodmonov “Xalqaro press-klub”ning navbatdagi sessiyasida so‘z ochdi.
Sobiq vazir Sog‘liqni saqlash tizimiga o‘zi rahbarlik qilgan davrlarda O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishini kechiktirish, keyiroq kasallikka qarshi kurashish borasida qilgan ishlarini hayajon bilan yodga oldi.
“Muhataram Prezidentimiz farmoyishga asosan mablag‘ ajratib bergan. Pul bor, biz IVL, PSR apparatlari (diagnostika va davolash uchun) va dori sotib olishimiz kerak. Qaysini tavsiya etasizlar? Qaysi kompaniyada sifatli? Qayerdan olishimiz mumkin? Yoki davolashda qanday diagnostika standarti bor? Nima qo‘llashimiz kerak? Ming afsuski, o‘sha paytda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining o‘zida ham isbotlangan hech qanday usul yo‘q edi. Javob bo‘lmagan!
Shundan kelib chiqib, O‘zbekistonda hozirgi aytilgan asbob-uskunalar bilan bir qatorda davolashga dorilarni xarid qilish tizimi ham boshlangan. Qaysi dori birinchi paydo bo‘lgan bo‘lsa, – AQSH Prezidenti birinchi bo‘lib gidroksixloroxinni maqtab chiqdi, effektiv ekanini – shu zahoti uni sotib olish boshlandi. Dunyoda isbotlangan dori, samara beradigan dori ilmiy asosi yo‘q edi. Lekin har bitta ishlab chiqaruvchi o‘zining dorisini aytib turgan”, deydi Shodmonov.
Sobiq vazirga ko‘ra, O‘zbekiston rasmiylari gidroksixloroxin ortidan favipiravir va remdisivir dorilarining mamlakatga olib kelinishini va zaxirasi yaratilishini ta’minlagan. Ayni vaqtda ushbu ikki dori mahalliylashtirilgan.
LiveBarchasi