O‘zbekiston penaltilar seriyasida Xorvatiyani mag‘lub etdi

Sport

image

Bugun, 15 noyabr kuni O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatining 1/16 bosqichida Xorvatiya U-17 terma jamoasiga qarshi o‘ynadi.

O‘yinning birinchi bo‘limi tengkurashlar ostida o‘tdi. Ikkala jamoa vakillari ham imkoniyatlarga ega bo‘ldi. Taymning 26-daqiqasida Sadriddin Hasanov gol urib, o‘zbekistonliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Birinchi bo‘limda boshqa gol bo‘lmadi.

Ikkinchi bo‘limda xorvatiyaliklar hujumlarni ko‘paytirdi. Qator xavfli vaziyatlar yuzaga keltirgan yevropaliklar o‘yinning 80-daqiqasida o‘z maqsadiga yetdi. Shu tariqa hisob tenglashdi va penaltilar seriyasida g‘olib aniqlandi. Yakunda o‘zbekistonlik o‘smirlar seriyada 4:3 hisobida g‘alaba qozondi.

Ma’lumot uchun, endi O‘zbekiston U-17 1/8 bosqichda italiyalik tengdoshlari bilan kuch sinashadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Xorvatiya Jahon chempionati U-17 terma jamoasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing