O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini durang bilan boshladi
Sport
−
12:09 377 1 daqiqa
Bugun, 14 sentyabr kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi Aychi va Nagoyada o‘tkazilayotgan Osiyo o‘yinlaridagi ishtirokini boshladi. Dastlabki turda Kotrina Kalbayt shogirdlari Filippin terma jamoasi bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
Uchrashuvdagi dastlabki gol 80-daqiqada urildi. Mehribon Egamberdiyeva O‘zbekiston terma jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Biroq 89-daqiqada Natali Kollinz hisobni tenglashtirdi.
Shu tariqa, har ikki terma jamoa ham bir ochkodan jamg‘ardi.
Endi O‘zbekiston terma jamoasi joriy yilning 17 sentyabr kuni Xitoy terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Guruh bosqichidagi so‘nggi uchrashuv esa 21 sentyabr kuni Gonkongga qarshi bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo o‘yinlaridagi ishtirokini ertaga, 15 sentyabr kuni Filippin terma jamoasiga qarshi o‘yin bilan boshlaydi.
Live
BarchasiIsroil droni G‘azoda avtomobilga zarba berdi
13 sentabr