O‘zbekiston Osiyo kubogining pley-off bosqichiga yo‘l oldi
Sport
−
15:06 808 1 daqiqa
Bugun, 1 fevral kuni futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogidagi guruh bosqichidagi 3-uchrashuvini o‘tkazdi. Nodir Eliboyeyev shogirdlari mazkur bahsda Yaponiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushib, 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Uchrashuvda hisobni dastlab Shahram Faxriddinov ochgan bo‘lsa, shundan so‘ng kunchiqar yurt vakillari ikki bor javob golini kiritishga muvaffaq bo‘lishdi.
Yakunda O‘zbekiston terma jamoasi 1:2 hisobida Yaponiyaga mag‘lub bo‘ldi. Shu tariqa, Nodir Eliboyeyev shogirdlari Osiyo kubogining “C” guruhida 4 ochko jamg‘arib, ikkinchi o‘rinni egalladi.
Ma’lumot uchun, Indoneziya mezbonligida o‘tayotgan Osiyo kubogining “C” guruhida Yaponiya terma jamoasi 9 ochko to‘plagan holda birinchi o‘rinni egallab, pley-off bosqichiga yo‘l oldi. O‘zbekiston esa 4 ochko bilan ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, chorak final bosqichiga yo‘llanmani ta’minladi.
Live
Barchasi