O‘zbekiston oltin zahirasi rekord darajaga yetdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston oltin zaxirasi ilk bor 31,2 milliard dollarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.

Oltin zaxiralari haqida ma’lumotlar e’lon qilinishi boshlangandan beri ilk bor oltin zaxirasi ushbu natijani qayd etgan. Zaxira asosan oltin narxining dunyo miqyosida o‘sishi hisobiga oshdi.

Mazkur zaxiralar mamlakatning “xavfsizlik yostiqchasi” vazifasini o‘taydi. Ular noqulay tashqi sharoit va vaziyat vaqtida himoya buferi sifatida xizmat qiladi.

Ushbu zaxiralar deyarli 16 oylik importni moliyalashtirish uchun yetarli bo‘ladi. Bu xalqaro tashkilotlar tomonidan rivojlanayotgan davlatlar uchun tavsiya etilgan ko‘rsatkichdan yuqoriroqdir. Xalqaro valyuta jamg‘armasi bunday davlatlarga zaxiraning 13 oyga yetarli bo‘lishini tavsiya qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Oltin Oltin zahirasi

Baholaganlar

1136

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing