O‘zbekiston oltin-valyuta zaxirasi kamaydi

Jamiyat

image

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxirasi 1 fevral holatiga 34 mlrd 425,3 mln dollarni tashkil etmoqda. O‘tgan bir oyda mamlakatning xalqaro zaxiralari 713,9 million dollarga kamaydi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.

O‘zbekistonning xorijiy valyutadagi zaxira aktivlari (konvertatsiya qilinuvchi xorijiy valyutalarda) miqdori bir oy davomida 532,6 million dollarga kamayib, 12 mlrd 545 million dollarni tashkil qilmoqda.

Bir oyda O‘zbekistonning oltin zaxirasi hajmi 175,1 mln dollarga kamayib, 20 mlrd 774,6 mln dollarga teng bo‘lgan. Mamlakatning sof oltin zaxirasi o‘zgarishsiz – 11,6 million troy unsiya holida qolgan.


Maqola muallifi

Teglar

oltin

Baholaganlar

573

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing