O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari ketma-ket to‘rtinchi oy kamaydi
Jamiyat
−
16 dekabr 2020
8227O‘zbekiston dunyo miqyosida nafaqat oltin qazib chiqarish balki, uni sotish bo‘yicha ham yetakchi davlatlar qatorida turadi. Pandemiya inqirozlari davrida O‘zbekiston eng ko‘p oltin sotayotgan davlatlar qatoriga kirdi. Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, mamlakat oltin zaxiralari ketma-ket to‘rtinchi oy kamaydi.
Joriy yilning 1 dekabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari 32,9 mlrd dollarni, xalqaro zaxiralari esa 31,9 mlrd dollarni tashkil qilmoqda.
Deyarli barcha aktivlar oltin (18,4 mlrd dollar) va chet el valyutalari (14 mlrd dollar) ko‘rinishida saqlanmoqda. Dekabr oyida oltin hajmi 0,2 mln unsiyaga ko‘paygan, lekin umumiy qiymat 500 mln dollarga arzonlagan. Hozirda zaxirada mavjud oltinning sof hajmi 10,4 mln unsiyaga teng.
Oltin inqiroz davrida qimmatlaydigan aktiv bo‘lib, vaksina haqidagi yangiliklardan so‘ng oltin narxi pasayishni boshlagan.
Oltin-valyuta zaxiralari mamlakat uchun “himoya yostiqchasi” hisoblanadi. Xalqaro tashkilotlar rivojlanayotgan davlatlarga 3 oylik importni moliyalashtirish uchun yetarli zaxiralarni saqlashni tavsiya qilgan. O‘zbekistonning amaldagi zaxiralari 20 oylik importni moliyalashtirish uchun yetarli hisoblanadi.
LiveBarchasi