O‘zbekiston oktyabrda Qozog‘iston bilan o‘ynaydi
Sport
−
26 Sentabr 8413 1 daqiqa
O‘zbekiston va Qozog‘iston yoshlar hamda o‘smirlar jamoalari o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi. Milliy terma jamoalar miqyosida esa muzokaralar bo‘lib o‘tishi o‘tkazilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning oktyabr oyida ikki mamlakat yoshlar va o‘smirlar terma jamoalari o‘rtasida bir qator o‘rtoqlik uchrashuvlari rejalashtirilgan:
- 12 va 14 oktyabr kunlari Toshkentda O‘zbekiston va Qozog‘iston U-21 terma jamoalari o‘rtasida ikki uchrashuv bo‘lib o‘tadi;
- 3-14 oktyabr kunlari Olmaota shahrida esa U-15 terma jamoalari o‘zaro ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.
Shuningdek, yoshlar va ayollar terma jamoalari ishtirokida ham muntazam tarzda o‘zaro uchrashuvlar tashkil etib kelinmoqda.
Bildirilishicha, ayni paytda O‘zbekiston va Qozog‘iston milliy terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. O‘zbekiston milliy terma jamoasi hamda Qozog‘iston terma jamoasining FIFA kunlari doirasidagi bellashuvlari allaqachon belgilab qo‘yilgani sabab milliy jamoalar o‘rtasidagi uchrashuvni 2026 yilda tashkil etish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq FIFA Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiton milliy terma jamoasi joriy yilning oktyabr oyida Urugvayga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishi haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi