O‘zbekiston notariat tizimi xalqaro notariuslar ittifoqiga a’zo bo‘ldi
Jamiyat
−
30 dekabr 2021
3045O‘zbekiston notariat tizimi Xalqaro notariuslar ittifoqiga a’zo bo‘ldi. Bu haqda Xalqaro Notariuslar Ittifoqi Assambleyasi qaror qabul qildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, ittifoq a’zoligiga kirish uchun davlatlar notariat tizimi quyidagi yuqori standartlarga javob berish talab etiladi:
• tizimda nodavlat notariuslar (xususiy notariuslar) faoliyatining mavjudligi;
• notariat sohasini tartibga soluvchi qonun hujjatlari lotin notarial modeliga muvofiq bo‘lishi;
• mulkchilikka oid milliy qonunchilik hujjatlarining xalqaro xususiy huquq normalariga mutanosib bo‘lishi va boshqalar.
“O‘zbekistonda 2020 yildan xususiy notariuslar faoliyati yo‘lga qo‘yilgandan so‘ng, a’zolik uchun ariza berilgan edi. Joriy yilning 22-24 sentyabr kunlari maxsus delegatsiya O‘zbekistonga kelib, bizning notariat tizimimizni to‘liq o‘rganib ketgach, ijobiy baho berildi va Ittifoq Assambleyasi bir ovozdan O‘zbekistonni Ittifoq a’zoligiga qabul qildi”, deyiladi vazirlik xabarida.
Bugungi kunda Ittifoqqa 90 dan ortiq davlatlar a’zo.
LiveBarchasi