O‘zbekiston mundial uchun tarkibini e’lon qildi (video)

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Jahon chempionatida ishtirok etuvchi 30 nafardan iborat futbolchilarning ro‘yxatini e’lon qildi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.

Tarkib quyidagicha ko‘rinish oldi:

Darvozabonlar: O‘tkir Yusupov (“Navbahor”), Botirali Ergashev (“Neftchi”), Abduvohid Ne’matov (“Nasaf”).

Himoyachilar: Avazbek O‘lmasaliyev (OKMK), Jahongir O‘rozov (“Dinamo”), Rustam Ashurmatov (“Istiqlol”, Eron), Umar Eshmurodov (“Nasaf”), Abduqodir Husanov (“Manchester Siti”, Angliya), Abdulla Abdullayev (“Dibba”, BAA), Farruh Sayfiyev (“Neftchi”), Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor”), Sherzod Nasrullayev (“Paxtakor”), Behruz Karimov (“Surxon”)

Yarim himoyachilar: Sherzod Esanov (“Buxoro”), Odil Hamrobekov (“Traktor”, Eron), Akmal Mozgovoy (“Paxtakor”), Otabek Shukurov (“Baniyas”, BAA), Jamshid Iskanderov (“Neftchi”), Jasur Jaloliddinov (“So‘g‘diyona”), Aziz G‘aniyev (“Al Batayeh”, BAA), Umarali Rahmonaliyev (“Sabah”, Ozarbayjon)

Hujumchilar: Abbos Fayzullayev (“Istanbul Bashakshehir”, Turkiya), Jaloliddin Masharipov (“Istiqlol”, Eron), Doston Hamdamov (“Paxtakor”), Oston O‘runov (“Persepolis”, Eron), Ruslan Jiyanov (“Navbahor”), Aziz Omonov (“Dinamo”), Sherzod Temirov (“Erbil”, Iroq), Igor Sergeyev (“Persepolis”, Eron), Eldor Shomurodov (“Istanbul Bashakshehir”, Turkiya).

FIFA reglamentiga ko‘ra, Jahon chempionati uchun terma jamoalar 26 talik tarkib bilan ro‘yxatdan o‘tadi. O‘zbekistonning hozirgi 30 talik tarkib AQSHga boradi biroq, yakuniy ro‘yxatdan 4 nafar futbolchi tushib qoladi. Bu 4 futbolchi nomi ko‘p ehtimol bilan Niderlandiya bilan o‘yindan so‘ng aniq bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy terma jamoasi joriy yilning 26 may kuni tongda Toshkent - Nyu-York yo‘nalishi bo‘yicha Amerika Qo‘shma Shtatlariga yo‘l oladi. Shundan so‘ng, AQSHda o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari o‘tkazadi va 1 iyun kuni Kanadaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi. Joriy yilning 8 iyun kuni terma jamoa Niderlandiya bilan navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Ibrohimhalil Yo‘ldoshev jarohati sabab Jahon chempionatini o‘tkazib yuborishi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston tarkib mundial'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing