O‘zbekiston Mudofaa vaziri Pokiston harbiy delegatsiyasi bilan uchrashdi

Jamiyat

image

Kecha, 26 sentyabr kuni Pokiston Shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi, Milliy xavfsizlik kengashi a’zosi, general Saxir Shamshad Mirza boshchiligidagi harbiy delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Bu  haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Mudofaa vazirligi markaziy apparatida o‘tkazilgan ikki tomonlama hamkorlik uchrashuvida general-leytenant Bahodir Qurbonov general Saxir Shamshad Mirzani O‘zbekistonga tashrifi bilan samimiy qutlagan hamda ikki tomonlama hamkorlikdagi erishilayotgan yutuqlarga to‘xtalib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, seshanba kuni Bahodir Qurbonov AQSH Qurolli kuchlari markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni Maykl Kurilla bilan uchrashgandi. Tomonlar harbiy sohada hamkorlikni davom ettirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqqan.

Akobir Sayidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

O'zbekiston Pokiston Mudofaa vaziri harbiy delegatsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing