O‘zbekiston muammolar tufayli yangi savdo yo‘llari izlayapti – “The Diplomat”

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistonning janubiy qo‘shnilari orqali savdo yo‘llarini ochish ustuvor vazifaga aylanmoqda. Bu haqda “The Diplomat” nashri yozgan.

“Joriy yilning mart oyida hindistonlik savdogar birinchi marta Pokiston va Afg‘oniston orqali O‘zbekistonga yuk jo‘natdi. Yuk partiyasi asosan Hindistonda ishlab chiqarilgan shakardan iborat bo‘lgan. Dastlab yuk Hindistondan Pokistonning Karachi portiga yetib keldi. So‘ngra Pokiston orqali Afg‘onistonga yo‘l oldi va Torxam chegarasini kesib Qobulga o‘tdi. Keyin yuk mashinalari Qobuldan Mozori-Sharifga, so‘ngra O‘zbekistonning Termiz shahriga yo‘l oldi. Bu yuk tranziti kamtarona bo‘lsa-da, dengizdan uzoqda joylashgan O‘zbekiston uchun katta o‘zgarishlarning boshlanishi bo‘lishi mumkin”, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, bu, o‘z navbatida, mamlakatning Eron va Rossiya savdo yo‘llariga jiddiy qaramligini kamaytirishi mumkin.

O‘zbekiston uchun Rossiya muhim savdo sherigi va jahon bozorlariga muhim yo‘lak hisoblanadi. Bugungi kunga qadar ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 7,5 milliard dollarni tashkil etmoqda.

“2016 yilda Shavkat Mirziyoyev hokimiyat tepasiga kelganidan beri O‘zbekistonda bu muammolarni hal etish, savdo yo‘llarini kengaytirish bo‘yicha maqsadli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Xususan, so‘nggi yillarda rasmiy Toshkent janubiy qo‘shnilariga e’tiborni kuchaytira boshlagan. O‘zbekiston uchun Pokiston dengiz portlariga chiqish muhim. 2022 yilning mart oyida ikki davlat o‘nlab tovarlarga tariflarni pasaytirish bo‘yicha imtiyozli savdo bitimini imzolagan edi. Kelishuvga muvofiq, ikki davlat jami 34 ta tovar uchun bojxona to‘lovlarini 20 foizdan 100 foizgacha pasaytiradi”, deyilgan xabarda.

O‘tgan yilning iyul oyida O‘zbekiston va Pokiston tranzit savdosi bo‘yicha kelishuv imzolagan. Kelishuvga ko‘ra, O‘zbekiston yuk mashinalariga Afg‘oniston orqali Pokistonning Karachi, Gvadar va Bin Qosim portlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuk tashishga ruxsat beriladi. Shuningdek, kelishuv migratsiya qoidalarini soddalashtirish va haydovchilik guvohnomalarini o‘zaro tan olishni nazarda tutadi. Afg‘oniston bu kelishuvlar uchun juda muhim, chunki mamlakat O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida joylashgan.

Maqolada qayd etilishicha, Pokiston dengiz portlariga chiqish O‘zbekistonning boshqa muhim muammolari bilan bog‘liq.

“Qozog‘iston va Ukrainadagi so‘nggi voqealar Toshkentda xavotir uyg‘otdi. Xususan, Ukrainadagi so‘nggi voqealar Mirziyoyevni janubga burilishga undadi. Rossiyaga qarshi sanksiyalar mamlakatning savdo salohiyatini deyarli butunlay yo‘q qildi, bu esa, o‘z navbatida, O‘zbekiston iqtisodiyotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Eng yirik yuk tashish kompaniyalari Qora dengiz orqali MDH davlatlariga eksportni to‘xtatdi”, deyilgan maqolada.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston savdo

Baholaganlar

329

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing