O‘zbekiston MTJning BAA va Qatarga qarshi o‘yinini boshqaruvchi hakamlar ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Joriy yilning iyun oyida O‘zbekiston milliy terma jamoasining 2026 yilgi Jahon chempionati 3-saralash bosqichi doirasidagi Birlashgan Arab Amirliklari va Qatar terma jamoalariga qarshi o‘yinlarini boshqarib boradigan hakamlar ma’lum bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, BAA – O‘zbekiston uchrashuvini avstraliyalik Shon Evans boshqarib boradi, unga qanotlarda hamyurtlari Jorj Lakrindis va Ouen Goldrik yordam beradi. 4-rasmiy hakam sifatida Jonatan Barreyro, VAR'da esa Aleksandr King ishlaydi.

Shuningdek, O‘zbekiston – Qatar uchrashuvi xitoylik hakamlar brigadasiga ishonib topshirilgan. Bosh hakam – Ma Ning, unga qanotlarda Joyu Fei va Jang Cheng yordam beradi. 4-rasmiy hakam Jin Jingyuan, VAR'da esa Fu Ming faoliyat olib boradi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonning BAAga qarshi bahsi joriy yilning 5 iyun kuni Abu-Dabida shahridagi “Ol Nahayon” stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:00 da start oladi. Qatarga qarshi o‘yin esa 10 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 18:45 da o‘tkaziladi. 

Hozirda O‘zbekiston milliy terma jamoasi “A” guruhidan o‘rin olgan va 8 ta turda 17 ochko jamg‘argan holda 2-o‘rinni egallab turibdi. BAAda 13, Qatarda 10 ochko bor hamda mos ravishda 3 va 4-o‘rinlarni band etgan. Amirliklarga qarshi o‘yindagi durang ham O‘zbekiston terma jamoasini Jahon chempionatiga olib chiqadi.


Maqola muallifi

Teglar

Jahon chempionati O'zbekiston MTJ

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing