O‘zbekiston MTJ Meksikaga yo‘l oldi (video)

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati doirasidagi ilk uchrashuvni o‘tkazish uchun Meksikaga jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi joriy yilning 18 iyun kuni Kolumbiya terma jamoasiga qarshi Jahon chempionatidagi dastlabki uchrashuvini o‘tkazadi. Ushbu bahs Toshkent vaqti bilan tongi soat 07:00 da boshlanadi. Shundan so‘ng, terma jamoa Xyustonda 23 iyun kuni Portugaliya bilan, 27 iyun kuni esa Atalantada Kongo Demokratik Respublikasi bilan bahs olib boradi.

Agar O‘zbekiston terma jamoasi guruhda birinchi o‘rinni egallaydigan bo‘lsa pley-off bosqichida “D”,“E”,“I” va “J” guruhlaridagi ehtimoliy 3 o‘rin egalarining biri bilan to‘qnash keladi. Fabio Kannavaro shogirdlari guruhda 2 o‘rinni egallagan taqdirda Angliya, Xorvatiya, Gana va Panama terma jamoalari guruhidagi 2-o‘rin sohibi bilan bahs olib boradi. Bordiyu 3-o‘rin bilan pley-offga chiqish nasib qilsa, yuqoridagi nomi tilga olingan jamoalar o‘rin egallagan guruh yetakchisi O‘zbekistonga raqiblik qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Jaloliddin Masharipov jarohati sababli Jahon chempionatida ishtirok etolmasligi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Jahon chempionati Meksika

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing