O‘zbekiston MTJ Iordaniyaga qarshi o‘yinda tarixiy natija qayd etishi mumkin

Sport

image

Bugun, 12 oktyabr kuni Ummon shahrida O‘zbekiston milliy terma jamoasi mezbon Iordaniyaga qarshi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Mazkur bahsda “oq bo‘rilar” raqib darvozasini ishg‘ol etsa, bu jamoa tarixidagi 500-gol sifatida qayd etiladi.

Joriy yilning 9 oktyabr kuni Srechko Katanets shogirdlari Malayziya ustidan qozongan g‘alabasi, terma jamoa uchun o‘rtoqlik uchrashuvlaridagi 50-g‘alaba bo‘ldi. Bu haqda o‘zbekistonlik futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev xabar qildi.

Hozirga qadar O‘zbekiston milliy terma jamoasi 285 uchrashuv o‘tkazib, 135 marta g‘alaba qozongan, 55 ta durang natija qayd etib, 95 o‘yinda mag‘lubiyatga uchragan. Raqiblar darvozasi 499 bor ishg‘ol etilgan bo‘lsa, 330 gol o‘tkazib yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Iordaniya 14 marta o‘zaro to‘qnash kelgan va ularning 9 tasida “oq bo‘rilar”, bitta bahsda iordaniyaliklar g‘alaba qozongan. 

Bugungi uchrashuv “Amman International Stadium”da Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanadi.

Ma’lumot uchun, Iordaniyaga qarshi uchrashuv O‘zbekiston MTJ uchun Srechko Katanets qo‘l ostidagi 3-bahs bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston O'FA FIFA Iordaniya Srechko Katanets

Baholaganlar

150

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing