O‘zbekiston MTJ futbolchisi faoliyatini “Navbahor”da davom ettiradi
Sport
−
13 iyul 5744 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abdulla Abdullayev faoliyatini Namanganning “Navbahor” klubida davom ettiradi. Bu haqda O‘zbekiston professional futbol ligasi matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 26 yoshli himoyachi erkin agent sifatida “lochinlar” safiga qo‘shilgan. Tomonlar o‘rtasida tuzilgan shartnomaga ko‘ra, Abdullayev joriy mavsum yakuniga qadar “Navbahor” sharafini himoya qiladi.
Abdullayev faoliyati davomida O‘zbekiston Superligasining qator klublari safida to‘p surgan. U O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan Jahon chempionatida ham ishtirok etdi va Kolumbiya va Portugaliga qarshi uchrashuvlarda asosiy tarkibda maydonga tushdi.
Shuningdek, “Navbahor” yana bir transferni amalga oshirdi. Yarim himoyachi Asadbek Rahimjonov ham klub bilan keyingi mavsum yakuniga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
Ma’lumot uchun, Temur Kapadze boshchiligidagi “Navbahor” O‘zbekiston Superligasining 11-turidan so‘ng 20 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalida 4-o‘rinni egallab turibdi. Namanganliklar mamlakat kubogi hamda chempionatda yuqori o‘rinlar uchun kurashni davom ettirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Sherzod Temirov “Zaho” klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagandi.
Live
Barchasi