O‘zbekiston Mozori-Sharif aeroportini qayta tiklashni boshladi

Jamiyat

image

Shavkat Mirziyoyevning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Balxda “Tolibon” harakati bilan uchrashuvda afg‘onlar Mozori-Sharif aeroportini qayta tiklashda O‘zbekistonga tayanishi mumkinligini ta’kidladi. Bu haqda “Sputnik” yozmoqda. 

Irgashevning so‘zlariga ko‘ra, ob’ektni qayta tiklash bilan shug‘ullanish uchun 30 nafar texnik mutaxassislardan iborat guruh, allaqachon, Mozori-Sharifga jo‘natilgan.

Balx viloyati hokimi Qudratulloh Abu Hamzaning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar shuningdek quyidagi masalalar bo‘yicha kelishib olgan:

•    transafg‘on temir yo‘li loyihasi

•    elektr energiyasi yetkazib berish uchun kreditlash: O‘zbekiston ularni to‘xtatmaydi.

Aviatsiya va transport vaziri o‘rinbosari Hasibulla Suroshning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar quyidagi masalalar bo‘yicha kelishib olgan:

•    o‘zbekistonlik mutaxassislar barcha aviatsiya texnikasi, boshqaruv minorasi, o‘t o‘chirish bo‘limi, yoritish tizimlarining ishlashini sozlaydi;

•    aeroportning 83 nafar xodimi malaka oshirish uchun O‘zbekistonga boradi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Afg‘oniston orqali temir yo‘l qurish loyihasini ham boshlab qo‘ygan. Temir yo‘lni qurishda “Rossiya temir yo‘llari” AJ “O‘zbekiston temir yo‘llari”ga yordam beradi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

692

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing