O‘zbekiston Mozori-Sharif aeroporti ta’mirini yakunladi
Jamiyat
−
17 may 2022
10888O‘zbekistonlik mutaxassislar Afg‘onistonning Mozori-Sharifidagi aeroportni qayta tiklash ishlarini yakunlamoqda. Bu haqda bugun, 17 may kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Xalqaro munosabatlar axborot-tahlil markazi direktori Doniyor Qurbonov “Valday” xalqaro munozara klubining II Markaziy Osiyo konferensiyasida so‘zlagan nutqida ma’lum qildi.
“Mutaxassislarimiz Mozori-Sharifdagi aeroportni qayta tiklash ishlarini yakunlamoqda”, degan u.
Qurbonov Toshkent Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi tarixiy ko‘prik sifatida Afg‘onistonni tiklash uchun katta ishlarni amalga oshirayotganini ta’kidlagan.
“Afg‘oniston importning 30 foizdan ortig‘ini O‘zbekistonning Termizdagi transport-logistika xabi orqali oladi. O‘zbekiston elektr energiyasi Qobulga yetkazib beriladi”, deydi u.
Avvalroq O‘zbekiston mutaxassislari Afg‘oniston tomonining iltimosiga ko‘ra Mozori-Sharif xalqaro aeroportini rekonstruksiya qilayotgani xabar qilingan edi.
LiveBarchasi