O‘zbekiston Misrni ishonchli hisobda mag‘lub etdi

Sport

image

Bugun, 14 noyabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi BAAning Al-Ayn shahrida bo‘layotgan xalqaro o‘rtoqlik turniri doirasida Misrga qarshi bahs olib bordi. Ushbu o‘yinda O‘zbekiston MTJ 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida ikki jamoa vakillari ham qator imkoniyatlarga ega bo‘ldi. O‘zbekistonliklar futbolchisi Oston O‘runov o‘yinning 3-daqiqasidayoq mahorat bilan misrlik futbolchilarni aldab o‘tdi va tezkor gol urdi. Ushbu bo‘limda Afrika vakillari ham imkoniyatlarga ega bo‘ldi, biroq gol ura olmadi. Bahsning 44-daqiqasida Oston O‘runov chap qanotdan raqib jarima maydonchasiga kirib bordi va dubl qayd etib, hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi.

Ikkinchi bo‘limni Misr futbolchilari qator hujumlar bilan boshladi, biroq “oq bo‘rilar” himoyasi va darvozaboni gol o‘tkazib yubormadi. O‘yin oxirigacha hisob boshqa o‘zgarmadi va O‘zbekiston Misr bilan bo‘lgan tarixdagi ilk bahsda g‘alaba qozondi. Endi o‘zbekistonlik futbolchilar o‘rtoqlik turnirining finalida Eron milliy terma jamoasi bilan o‘ynaydi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Misr

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing