O‘zbekiston Milliy universitetida yong‘in chiqdi
Jamiyat
−
03 fevral 2023 14545 1 daqiqa
Bugun, 3 fevral kuni O‘zbekiston Milliy universitetida yong‘in yuz berdi. Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, soat 15:50 da universitet Iqtisodiyot fakulteti binosining 1 qavatida joylashgan kutubxonada yong‘in chiqqan. Oqibatda kutubxonaning 1 kv/m maydoni hamda bir dona kopmyuteri zararlangan.
Voqea joyiga yong‘in-qutqaruv xodimlari soat 15:56da yetib borib, 16:10da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan. Yong‘in o‘chirishga 4 ta yong‘in-qutqaruv mashinasi va 1 ta avtonarvon jalb etilgan. Yong‘in joyiga Olmazor tumani FVB boshlig‘i va podpolkovnik Sh.I. hamda boshqa ma’sullari chiqqan.
Qayd etilishicha, yong‘indan fakultet binosining 3 ming kv/m maydoni saqlab qolingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatidagi tekstil sexida yong‘in chiqqani haqida xabar bergan edik.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr