O‘zbekiston milliy terma jamoasi Rossiya bilan o‘ynaydi

Sport

image

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Rossiya terma jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadigan bo‘ldi. Srechko Katanets shogirdlari joriy yilning 20 noyabr kuni rossiyalik futbolchilar bilan kuch sinashishadi. Bahs Toshkent shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. 

Avvalroq, Edin Jeko va Miralem Pyanich boshchiligidagi Bosniya va Gersegovina terma jamoasi Rossiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etishdan bosh tortgandi.17 noyabr kuni ruslar Dushanbeda Tojikiston bilan bahs olib borishadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 16 noyabr kuni qo‘shni Qozog‘iston terma jamoasi bilan Toshkentda sinov o‘yini o‘tkazadi. O‘yin soat 18:00 da "Paxtakor" stadionida start oladi.

Shaxzod Shukurov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

55

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing