O‘zbekiston milliy terma jamoasi KXDRga qarshi ko‘k libosda o‘ynaydi
Sport
−
18 Noyabr 2024 10448 1 daqiqa
Ertaga,19 noyabr kuni futbol bo‘yicha 2026 yilgi Jahon chempionati saralashi Osiyo qit’asi 3-bosqich 6-turi doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Shimoliy Koreya bilan bahs olib boradi.
Mazkur uchrashuvda Srechko Katanets shogirdlari ko‘k rangli libosda, darvozabon esa yashil libosda harakatlanadi. Koreyaliklar esa rasmiy mezbon sifatida qizil rangli libosda to‘p tepadi.
Mazkur o‘yinda quvaytlik hakamlar brigadasi ishlaydi. Bosh hakam Ali Ali Ahmad, unga yurtdoshlari Alanezi Abdulhadi va Abbos Ahmad yordam beradi. To‘rtinchi rasmiy hakam – Ammar Ashkanani. VAR'da esa Abulloh Jamali faoliyat olib boradi.
Guruhdagi boshqa o‘yinlarda Qirg‘iziston Eronni qabul qilsa, BAA Qatar bilan kuch sinashadi.
Ma’lumot uchun, KXDR-O‘zbekiston o‘yini Laos poytaxti Ventyan shahrida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 17:00 da start oladi.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr