O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi BAA klubiga o‘tdi

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Toshkentning “Paxtakor” klubi a’zosi Hojimat Erkinov faoliyatini Birlashgan Arab Amirliklarining “Al-Vahda” klubida davom ettiradi. Bu haqda “Transfermarkt” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Erkinov yangi jamoasi bilan shu yilning yoziga qadar shartnoma tuzgan. BAA klubiga futbolchi transferi 600 ming yevroga tushdi.

Hozirda 22 yoshli futbolchi O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida Qatarda o‘tkazilayotgan Osiyo kubogida ishtirok etmoqda.

Ma’lumot uchun, Erkinov joriy mavsum “Paxtakor” safida Osiyo Chempionlar ligasida (OCHL) 4 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Sherlar”dagi faoliyati davomida futbolchi 4 marta O‘zbekiston chempionatida, 1 marta O‘zbekiston kubogida va 2 marta mamlakat superkubogida g‘olib bo‘lgan. U Olimpiya terma jamoasi safida Osiyo o‘yinlarida bronza medalni qo‘lga kiritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Paxtakor O'zbekiston Hojimat Erkinov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing