O‘zbekiston Milliy banki yangi avlod uchun kelajakni qurib berdi
Biznes
−
21 noyabr 2019
4203Ma’lumki, maktabgacha ta’lim tizimi uzluksiz ta’limning muhim bo‘g‘ini hisoblanadi. Bugungi kunda mazkur tizimni yanada takomillashtirish uchun qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 apreldagi PQ-3651-sonli “Maktabgacha ta’lim tizimini yanada rivojlantirish va rag‘batlantirish tug‘risida”gi Qarori bunga yaqqol dalil bo‘la oladi.
O‘zbekiston Milliy banki tomonidan ham Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahrida “Valley Ragnum” hamda, “Paxtaoy lazzat” MTMlari qurilib, ish boshlagan. Bank tomonidan, “Valley Ragnum” MTM ga 450 mln so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilgan. Bog‘cha 75 nafar bolaga mo‘ljallangan bo‘lib, 10 ta ish o‘rni yaratilingan. Shuningdek, “Paxtaoy lazzat” MTMga 2,2 mlrd so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilgan. Bog‘cha 100 ta bolaga mo‘ljallangan bo‘lib, unda 12 nafar tarbiyachi va enagalar faoliyat ko‘rsatmoqda.
Shu bilan birga tashkil qilinayotgan maktabgacha ta’lim nodavlat muassasalarining ehtiyojlari uchun tasdiqlangan ro‘yxatlar bo‘yicha olib kelinadigan uskunalar, asbob-anjomlar, o‘quv qurollari va o‘yingohlar davlat-xususiy sherikchiligi to‘g‘risidagi bitim tuzilgan kundan boshlab 2 yil muddatga bojxona to‘lovlari (bojxonada rasmiylashtirish uchun yig‘imlardan tashqari) to‘lashdan ham ozod etilgan bo‘lib, mazkur MTMlarida ham olingan kredit hisobiga yuqorida keltirib o‘tilgan imtiyozlardan foydalangan holda, barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
Shuningdek, kelajagimiz egalariga bilim olish uchun munosib shart-sharoitlar yaratish borasida Surxondaryo viloyatida ham keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Milliy banki tomonidan Surxondaryo shahrida joylashgan “Nurli avlod” NTMga 4,4 mlrd. so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratildi. Muassasa o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali, 27 ta yangi ish o‘rnini yaratdi. Mazkur ta’lim muassasasida 200 ga yaqin bolajonlar, zamonaviy arxitektura talablariga javob bera oladigan binoda, yorug‘ va keng xonalarda dastlabki ta’limni olish imkoniga ega bo‘ladilar. Undan tashqari “Termiz Trans Gold” tashabbusi bilan, Termiz tumanida ish boshlagan “Kamalak” NMTM uchun O‘zmilliybank Surxondaryo bo‘limi tomonidan 2,6 mlrd so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratildi. Mazkur muassasada 19 ta malakali mutahassis faoliyat yuritadi. Ta’lim muassasasida 120 ga yaqin bolajonlar tahsil olishlari mumkin. Muassasa barcha zamonaviy darsliklar va dars qurollari va jihozlari bilan ta’minlangan.
Ta’kidlash kerakki, Yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan, “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish” bo‘yicha beshta ustuvor yo‘nalishda sport sohasini rivojlantirish alohida o‘rin tutishi, bugungi kunda sohaga yangi investitsiyalar kiritishga turtki bo‘lmoqda.
Shu o‘rinda, O‘zbekiston Milliy banki tomonidan, sport sohasi rivoji yo‘lida xizmat qiladigan qator biznes loyihalar samarali moliyalashtirilib kelinmoqda. Jumladan, O‘zmilliybanki, “Farg‘ona Go‘zal Diyor Servis” MCHJga 400 mln so‘m kredit mablag‘lari ajratdi. Natijada mazkur MCHJ tomonidan 50 kishilik zamonaviy sport majmuasi va 5 ta ish o‘rni yaratildi. Shuningdek, Farg‘ona viloyati Rishton tumanidagi “Shoxruxbek Bahodir” oilaviy korxonasiga ham 100 mln so‘m kredit mablag‘lari ajratilgan bo‘lib, 20 kishilik zamonaviy sport majmuasida 3 ta ish o‘rni yaratilgan. Sport majmualari eng so‘nggi turdagi sport jihozlari bilan ta’minlangan bo‘lib, tashrif buyurgan insonlar sharoitlardan mamnun.
Ma’lumotlarga ko‘ra, kelgusida mazkur sport majmuasi faoliyatini kengaytirish rejalashtirilgan bo‘lib, aholini sog‘lom turmush tarziga muntazam jalb etish ko‘zda tutilgan.
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi