Kurs UZS

USD

12 915.00

-10.2

EUR

13 957.24

-25.24

RUB

153.55

0.97

O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida pastladi

Jamiyat

image

“Chegara bilmas muxbirlar” (Reporters Without Borders) xalqaro nodavlat tashkiloti tomonidan tuzilgan matbuot erkinligi reytingida O‘zbekiston o‘tgan yilgiga nisbatan bir pog‘ona pastlab, 157-o‘rinni egalladi.

2020 yilda O‘zbekiston ushbu reytingda to‘rt pog‘ona yuqorilab, 156-o‘rinni egallagan edi.

Markaziy Osiyo davlatlaridan Qirg‘iziston 79-o‘rinni, Qozog‘iston 155-o‘rinni, Tojikiston 162-o‘rinni, Turkmaniston 178-o‘rinni band qilgan.

Shuningdek, Norvegiya ushbu reytingda ketma-ket beshinchi yil birinchi o‘rinni egallamoqda. Undan keyi Finlyandiya (2-o‘rin), Shvetsiya (3-o‘rin), Daniya (4-o‘rin) va Kosta-Rika (5-o‘rin) joy olgan.

Qolaversa, sobiq ittifoq tarkibida bo‘lgan davlatlar orasida yetakchilikni 15-o‘rin bilan Estoniya egallagan, Rossiya ushbu reytingda 150-o‘rin bilan kifoyalangan.

E’slatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston 78 mamlakat orasida 73-o‘rinni egallab, birinchi marta dunyoning eng yaxshi mamlakatlari reytingiga kiritilgani xaqida xabar bergandik. Reyting Amerikaning U.S. News & World Report jurnalida  e’lon qilgan.

Sardor To‘lanboyev

 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

49

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing