O‘zbekiston Markaziy Osiyoda oylik ish haqi bo‘yicha nechanchi o‘rinda?

Jamiyat

image

Markaziy Osiyo mintaqasiga 5 ta davlat: O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston kiradi. Quyida eng so‘nggi ma’lumotlarga asoslangan holda, ushbu mamlakatlardagi o‘rtacha oylik ish haqi haqida so‘z boradi. 

1. Qozog‘istonda joriy yilning ikkinchi choragida o‘rtacha oylik ish haqi 251 508 tengeni tashkil etdi.

251 508 tenge = 592 AQSH dollari

2. O‘zbekistonda Davlat statistika qo‘mitasi taqdim qilgan ma’lumotga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-iyun oylarida o‘rtacha oylik ish haqi 2 million 971 ming so‘mni tashkil qilmoqda.

2 971 000 so‘m = 279 AQSH dollari

3. Qirg‘izistonda joriy yilning mart oyi holatiga ko‘ra, o‘rtacha oylik ish haqi 20 715 somni tashkil qilgan.

20 715 som = 244 AQSH dollari 

4. Turkmaniston bilan esa barchasi qiyin — bu borada rasmiy ma’lumot topish mushkul. Odatda bunday statistika ommaga oshkor qilinmaydi. “Rambler” nashri 2020 yilda ushbu mamlakatda o‘rtacha oylik ish haqi 230 AQSH dollariga teng bo‘lganini yozgan.  

5. Tojikistonda Mehnat vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 1 iyun holati bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi 1492,5 somoniyni tashkil qilgan.

1492,5 somoniy = 130 AQSH dollari


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

3001

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing