O‘zbekiston Markaziy Osiyoda ayollar uchun eng xavfli ikki davlatdan biri bo‘ldi
Olam
−
30 Oktabr 2023
31995Qirg‘iziston va O‘zbekiston Markaziy Osiyoda ayollar uchun eng xavfli davlat deb topildi. Ayollar uchun tinchlik va xavfsizlik global indeksining (WPS) so‘nggi reytingiga ko‘ra, O‘zbekiston 177 mamlakat orasidan 94-, Qirg‘iziston esa 95-o‘rinni egalladi.
Hisobotda aytilishicha, qirg‘iz ayollarining 13 foizi, o‘zbek ayollarining esa 7,3 foizi yaqinlari tomonidan zo‘ravonlikka uchragan.
Qirg‘izistonda davlat organlarida ayollar ulushi bor-yo‘g‘i 20 foizni tashkil etadi.
Turkmaniston eng yuqori reytingga ega – reytingda 58-o‘rin. Qozog‘iston 80-o‘rinda, Tojikiston 90-o‘rinda.
Umuman olganda, o‘n uch toifadagi ayollarning ahvolini baholaydigan global reytingga 177 davlat kiradi.
Yuqorida Norvegiya, Daniya, Finlyandiya, Islandiya, Shvetsiya, Shveysariya, Lyuksemburg, Avstriya, Niderlandiya va Yangi Zelandiya bor.
Ayollar uchun eng xavfli davlatlar Janubiy Sudan, Kongo, Markaziy Afrika Respublikasi, Afg‘oniston va Yaman.
WPS indeksi Jorjtaun ayollar, tinchlik va xavfsizlik instituti hamda PRIO gender, tinchlik va xavfsizlik markazi tomonidan Norvegiya Tashqi ishlar vazirligi ko‘magida chop etiladi.
LiveBarchasi