O‘zbekiston Markaziy bankining oltin zaxirasi oshdi
Jamiyat
−
07 yanvar
40312024 yil noyabr oyida O‘zbekiston Markaziy banki oltin zaxiralarini 9 tonnaga oshirdi. Bu haqda Jahon oltin kengashi (WGC) xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2024 yil iyulidan beri O‘zbekiston birinchi marta oltin sotib olgan. Natijada bankning yil boshidan hozirgi kungacha bo‘lgan sof sotib olishlari 11 tonnani tashkil etgan va umumiy oltin zaxiralari 382 tonnaga yetgan.
Bu davrda eng yirik oltin sotib oluvchilardan biri bu – Polsha Milliy banki bo‘lib, u zaxiralarini 21 tonnaga oshirgan. Shuningdek, Hindiston, Qozog‘iston va Xitoyning zaxira banklarining har biri 5 tonna oltin sotib olgan. Singapur esa asosiy sotuvchi bo‘lib, 5 tonna oltin sotgan.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yilning oktyabr oyida O‘zbekiston 833,4 million dollarlik oltin sotgani, yil boshidan buyon qimmatbaho metall eksporti hajmi 6,6 mlrd dollardan oshgani xabar qilingandi.
LiveBarchasi