O‘zbekiston maktablarida yangi fan joriy etiladi

Jamiyat

image

O‘zbekistondagi maktablarda “Milliy g‘oya”, “Odobnoma”, “Dinlar tarixi”, “Vatan tuyg‘usi” kabi fanlarni birlashtirgan holda 2020/2021 o‘quv yilidan yagona “Tarbiya” fani bosqichma-bosqich joriy qilinadi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2019 yil 23 avgust kuni ta’lim tizimiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bayonida aytilishicha, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda bu bo‘yicha amaliy choralar ko‘rishi belgilangan.

Bosh vazir o‘rinbosari A.Abduhakimov, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bir oy muddatda maktabda tarbiyaviy ishlarni tashkil etadigan yangi professional pedagoglar avlodini tayyorlash bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritadi.
 


Maqola muallifi

Teglar

yangi fan maktablarda

Baholaganlar

93

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing