O‘zbekiston Makeyning o‘limi munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Olam

image

Rasmiy Toshkent Belarus Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Vladimirovich Makeyning bevaqt vafoti haqidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining hamdardlik bayonotida aytiladi. 

“Vladimir Vladimirovich mohir va tajribali diplomat, o‘z sohasining ustasi va Belarusning haqiqiy vatanparvar insoni edi. 

Uning ko‘p qirrali O‘zbekiston-Belarus munosabatlarini rivojlantirishga bo‘lgan samimiy intilishi alohida e’tiborga molik. Ayniqsa, so‘nggi yillarda u O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlashga katta hissa qo‘shdi.  

Vladimir Makey o‘zidan ijobiy va yorqin xotiralar qoldirdi. 

Vladimir Vladimirovich Makeyning hamkasblari, yaqinlari va do‘stlariga hamdardlik va dalda so‘zlarimizni bildiramiz”, deyiladi TIV bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, 26 noyabr kuni Belarus Tashqi ishlar vaziri Vladimir Makey to‘satdan vafot etdi.

Ma’lumot uchun, Vladimir Vladimirovich Makey 1958 yilda Belarusning Grodno viloyatida tug‘ilgan. 1980 yilda Minsk davlat chet tillar pedagogika institutini, 1993 yilda Avstriya Tashqi ishlar vazirligi Diplomatik akademiyasini tamomlagan.

U 1999-2000 yillarda Belarus Tashqi ishlar vazirligining umumevropa hamkorligi bo‘limi boshlig‘i bo‘lgan. 2000-2008 yillarda – Belarus Prezidentining yordamchisi, 2008-2012 yillarda – Prezident ma’muriyati rahbari bo‘lgan.

2012 yil 22 avgustdan beri Vladimir Makey Belarus Tashqi ishlar vaziri lavozimida ishlab kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Makey

Baholaganlar

72

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar