Dirijyor Xurshid Vohidov vafot etdi

Madaniyat-san’at

image

Muqimiy nomidagi musiqali drama teatri xor dirijyori Xurshid Vohidov 79 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.

Xurshid Vohidov ijodi davomida K.Amirov asari, F.Jo‘rayev inssenirovkasi bilan “Uzilgan torlar”, S.Rahmonning “Hijron”, Hamza Hakimzoda Niyoziyning “Maysaraning ishi”, R.N.Guntekinning “Hiylai sha’riy”, Z.Fatxullinning “Vatan ishqi”, M.Boboyevning “Qayerdasan, jon bolam” qator sahna asarlarining sahnalashtirilishida o‘zining munosib hissasini qo‘shgan.
  
Marhum teatr xor dirijyori “Arshin mol-olan”, “Antiqa sovchilar”, “Ayyorgina ayollar” singari spektakllarida orkestrni boshqarib, go‘zal, jonli musiqiy  bezak bergan.   

QALAMPIR.UZ tahririyati marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

madaniyat

Baholaganlar

89

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing